0 ‘ZBEK TILINING TARIXIY GRAMMATIKASI fo n etik a , m o r fo lo g iy a va SINTAKSIS iTißnkiston RespubJikasi Oliy va o \ría maxsus ta lim vaziríigi tasdiqlagan Universitetlarva pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik 0 ‘ZBEKIST0N FAYLASUFLARI MILLIY JAMIYATI NASHRIYOTI TOSHKENT 2008 www.ziyouz.com kutubxonasi 81.20‘zb A15 Abdurahmonov G‘. 0 ‘zbek tilining tarixiy grammatikasi: Universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari bakalavriat ta’lim yo'nalishi talabalari uchun darslik /G‘. Abdurahmonov, Sh. Shukurov, Q. Mahmudov.T.: 0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. - 528 b. I. Shukurov Sh. II. Mahmudov Q. BBK81.2 Uzb—923 Darslikning «Kirish», «Sintaksis», «Jadvallar*, «Testlar», «Tekshirish uchun savollar», «Tayanch tushunchalar», «Mustaqil ish mavzulari», «Tahlil uchun matnlar*, «Lug‘atlar» qismini akademik G‘.A. Abdurahmonov, «Fonetika* boMimini professor Q.Mahmudov, «Morfologiya* qismini professor Sh.Shukurov yozgan. Mas’ul muharrirlar: 0 ‘z FA akademigi A. Rustamov, 0 ‘z FA akademigi G‘. Abdurahmonov ISBN 978-9943-319-55-4 © «0‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti*, 2008 www.ziyouz.com kutubxonasi MUALLIFLARDAN Ushbu darslik turkiy (o‘zbek) tili yozma yodgorliklar tilining tahlili asosida yozildi. Ma’lumki, o‘zbek tiliga oid yozma yodgorliklar lingvistik tomondan kam o‘rganilgan, ularning ko‘pchiligi bo‘yicha ilmiy-tanqidiy matnlar yaratilmagan, ayrim- larining esa, hatto, ommaviy nashri ham yuzaga kelgan emas. Bu hol o‘zbektili tarixi bo‘yicha darslik va qoMlanmalaryaratish ishida ma’lum qiyinchiüklartug‘diradi. Bundan tashqari, XIII—XIV asrlar davomida 0 ‘rta Osiyoda, ayniqsa, Xorazm va Oltin 0 ‘rda xonligi hududida yaratilgan manbalarning alohida adabiy tilni tashkil etishi masalasi hozirgacha munozarali bolib kelmoqda. Bu hududda yaratilgan adabiyotlarda mahalliy sheva (urug‘) tili xususiyati boMsa ham, ular yagona o‘zbek adabiy tilini tashkil etadilar. Shuning uchun ham bu manbalardan to‘la foydalanildi. Izohlanayotgan til hodisalari qadimgi turkiy yodgorliklar, ya’ni 0 ‘rxun-Enasoy matnlariga hamda “Devonu lug‘atit-turk” va “Qu- tadg‘u bilig” asarlarining tili bilan qiyoslab borildi. Qadimgi turkiy yodgorliklar tili hozirgi zamon o‘quvchisiga to‘la tushunarli boMma- ganligi sababli bu manbalardan keltirilgan misollarning hozirgi o‘zbek tiliga tavsifi ham berildi. Yozma yodgorliklardan keltirilgan misollar, ayrim hollardan tashqari, tadrijiy tartibda bo‘lib, har bir misolning manbai ko‘rsatib o‘tildi. Darsning amaliy qismi uchun «Testlar», «Tekshirish uchun savollar», «Tayanch tushunchalar», «Mustaqil ish mavzulari», «Tahlil uchun matnlar» berildi. Darslikning qoMyozmasiga taqriz yozgan va uning muhoka- masida ishtirok etgan barcha olimlarga qimmatli maslahatlari uchun mualliflar cliuqur minnatdorchilik bildiradilar. Darslik bo'yicha taklif, tuzatish va mulohazalarni nashriyotga yoki Toshkent Davlat sharqshunoslik institutiga yuborilishini iltimos qilamiz. www.ziyouz.com kutubxonasi TRANSKRIPSION BELGILAR Unlilar uchun a — til orqa, lablanmagan, keng. ä — til oldi, lablanmagan, o‘rta-keng. e — til oldi, lablanmagan, o‘rta-keng. i — til oldi, lablanmagan, tor. i — til orqa, lablanmagan, tor. о — til orqa, lablangan, o‘rta-keng. о — til oldi, lablangan, o‘rta-keng. u — til orqa, lablangan, tor. ii — ti! oldi, lablangan, tor. ä — orqa qator o‘rta-keng unli bo‘lib, fors-tojik va XIV asrdan boshlab o'zbek adabiy tilidagi so‘zlarda qo'llanadi. Arabcha so‘zlardagi til o‘rta, qisqa (a) unlisi va forscha-tojikcha so'zlardagi til oldi, qisqa (a) unlisi (a) orqali berildi (masalan, amal, qalam, shahar, safar). Undoshlar uchun q (ng) — portlovchi, burun tovushi, sonor — (masalan, muj, meq> кед); j — til oldi, jarangli, qorishiq undosh — (masalan, juft.jumla) va til oldi, jarangli, sirg‘a!uvchi (masalan, jumal); j — ti! oldi, jarangli, sirg‘aluvchi undosh — (masalan, ajdar, ajun). sh — til oldi, jarangsiz, sirg‘aluvchi; ch — til oldi, jarangsiz, qorishiq; g‘ — chuqur til orqa, jarangli. Boshqa undoshlar uchun hozirgi o‘zbek alfavitida mavjud bo‘lgan quyidagi belgilar qo‘llandi: b, v, g, d, z, y, k, 1, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h. Arab va fors so‘zlarida ishlatiladigan ¿ (se), ^ (sod), ^ (zod), j. (to), (zo) undoshlari uchun odatdagi (s), (z), (t) belgilari olindi. Tish aro jarangli j undoshi belgisi uchun d olindi. www.ziyouz.com kutubxonasi SHARTLI QISQARTMALAR Foydalanilgan adabiy asarlar Abushqa — Lug'ati Abushqa (V.V. Velyaminov-Zernov nashri: SPb., 1868). Amiriy — Yusuf Amiriy. Bang va chog‘ir orasinda muno- zara (Qolyozma, Britaniya muzeyi, Add. 7914). BY — Vosifiy. Badoe ul vaqoe (Dilovor tarjimasi. Qo‘Iyozma, 0 ‘zFA Sharqshunoslik instituti, inv. № 3344). BN — Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma (N.I. Ilminskiy nashri, Kazan, 1857). Bobur — Bobur. Devon (A.N.Samoylovich nashri, Pet rograd, 1917). Gulxaniy — Gulxaniy. Zarbulmasal (F. Is’hoqov nashri, Tosh- kent, 1976). DN — Yusuf Amiriy. Dahnoma (Qo'lyozma, Britaniya muzeyi. Add. 7914). KT, kt — Kultegin sha’niga qo‘yilgan katta yodnoma. KT, kch — Kultegin, kichik yodnoma. LN — Xo‘jandiy. Latofatnoma (Qo‘lyozma, Britaniya muzeyi, Add. 7914). Lutfiy — Lutfiy. Devon (Qo'lyozma, Britaniya muzeyi, Add. 7914). MK yoki — Mahmud Koshg‘ariy. Devonu Iug‘atit-turk (S. DLT M. Mutallibov nashri, Toshkent, 1960, 1961, 1963). MN — Xorazmiy. Muhabbatnoma (Qo‘lyozma, Brita niya muzeyi, Add. 7914). Munis — Shermuhammad Munis. Tanlangan asarlar (Nashrga tayyorlovchi Yu.Yusupov, Toshkent, 1957). Muqimiy — Muqimiy. AsarJarto'pJami. Ikki tomlik (Nashrga tayyorlovchi G \ Karimov, Toshkent, 1960). Navoiy, LT — Alisher Navoiy. Lisonut tayr (Hmiy-tanqidiy www.ziyouz.com kutubxonasi matn. Tayyorlovchi Sharafiddin Eshonxo‘jayev, Toshkent, 1965). Navoiy, MA — Mezonu’l evzon (Tanqidiy matn. Tayyorlovchi Prof. dr. Eraslan, Anqara, 1993. Navoiy, ML — Alisher Navoiy. Muhokamat-ul lug‘atayn. (M.Quatremere nashri, Parij, 1841). Navoiy, MN — Alisher Navoiy. Majolisun nafois (Ilmiy-tanqi- diy matn. Tayyorlovchi S.G'aniyeva, Toshkent, 1961). Navoiy, Msh — Alisher Navoiy. Munshaot (Qo‘lyozma: M. E. Saltikov-Shchedrin nomidagi Sankt-Peterburg Dav- lat kutubxonasi, X—55). Navoiy, MQ — Alisher Navoiy. Mahbub-ul qulub (Tanqidiy matn. Tayyorlovchi A. N. Kononov, M. — L., 1948). Navoiy, SI — Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy (Porso Shamsiyev nashri, Toshkent, 1961). Navoiy, SS — Alisher Navoiy. Sab’ayi sayyor (llmiy-tanqidiy matn. Tayyorlovchi Porso Shamsiyev, Toshkent, 1956). Navoiy, FK — Alisher Navoiy. Favoidul kibar (Qo‘lyozma, Sharqshunoslik instituti, inv. №774). Navoiy, FSH — Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (Tanqidiy matn. Tayyorlovchi Porso Shamsiyev, Toshkent, 1963). Navoiy, — Alisher Navoiy. Chordevon (Qo‘lyozma, Sharq CHD shunoslik instituti, inv. №677). Navoiy, G‘S — Alisher Navoiy. G‘aroyibus-sig‘ar. (Qo‘lyozma, Sharqshunoslik instituti, inv. №790). Navoiy, HA — Alisher Navoiy. Hayratul-abror (Ilmiy-tanqi- diy matn. Tayyorlovchi Porso Shamsiyev, Tosh kent, 1970). NF — Mahmud Ali. Nahjul farodis (Ya.Ekman nashri, Anqara, 1956). Atoiy — Atoiy. Devon (Qo‘lyozma: Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg boMimi, V-2456). www.ziyouz.com kutubxonasi PDP — Малов С.У. Памятники древнетюркской письменности. М. Л., 1951. Sakkokiy — Sakkokiy. Devon (Qo‘lyozma, Britaniya mu- zeyi, Add. 2079). Sanglah — Mirza Mehdiyxon. Sanglah (J.Klosson nashri, London, 1960). Saroyi — Sayfi Saroyi. Guliston bit-turkiy (H.Usmonov va Z.Maqsudovalar nashri, Qozon, 1980). Suvr — Suvarnaprabhasa (“Oltun yoruq”dan). (Малов С. E. Памятники древнетюркской письмен ности. М. —Л., 1951). Tafsir — 0 ‘rta Osiyo tafsiri (Qo‘lyozma, Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo‘limi, S— 197). TVG — Turkiston viloyatining gazeti. TN — To‘tinoma (Qo‘lyozma, Sharqshunoslik ins titutining Sankt-Peterburg bo‘limi, S -172/11). Tog. — Togyuquq sha’niga qo‘yilgan yodnoma (Ма лое С. E. Памятники древнетюркской письмен ности, М. —Л., 1951). ТГ — Turfan matnlari (V. Bang va A. Gaben nashrlari, Berlin, 1929, 1930, 1931, 1934, 1954, 958, 1959). FI — Munis va Ogahiy. Firdavsul iqbol (Qo'lyozma, Sharqshunoslik institutining Sankt-Peterburg bo‘limi, S-571). Furqat — Furqat. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik (Nashrga tayyorlovchi Xolid Rasul, Toshkent, 1959). XSH — Qutb. Xisrav va Shirin (A. Zayonchkovskiy nashri, Varshava, 1954). SHN — Muhammad Solih. Shayboniynoma (Т. M. Me- lioranskiy nashri, SPb., 1908). SH.tar. — Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarai tarokima (A. N. Kononov nashri, M. -L., 1958). SH.turk — Abulg‘ozi Bahodirxon. Shajarai turk (N. Ru- myansev nashri, Kazan, 1925). Yaqiniy — Yaqiniy. 0 ‘q (va) yoy orasinda munozara (QoMyozma, Britaniya muzeyi, Add. 7914). www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ‘N — 0 ‘g‘uznoma (A. M. Sherbak nashri, М., 1959). 0 ‘rx.-En. — 0 ‘rxun-Enasoy yodgorliklari (Малов С. E. Памятники древ нетюркской письменности. М. — Л., 1951). 2. Енисейская пись менность тюрков. М. -L., 1952; 3. (Малов С. Е. Памятники древ нетюркской письменности Мон голии и Киргизии. М. -L., 1959). Qad. uyg*. — Qadimgi uyg‘urtili yodgorliklari (“Oltun yoruq”, “Irq bitig”, “Ti- shastvistik”, “Xuastuanift” kabi qadimgi uyg‘ur yozuvidagi obidalar). QA Rabg‘uziy. Qissasul anbiyo. (QoMyozma, Sharqshunoslik instituti). QB — Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig (1. QoMyozma, Sharqshunoslik ins tituti, inv № 1809 (Namangan nus- xasi); 2. Q. Karimov nashri, Tosh- kent, 1971). QR — Qissasi Rabg'uziy (QoMyozma, Sharqshunoslik institutining Sankt- Peterburg boMimi, S-245). Haydar — Haydar Xorazmiy. Mahzanul asror (QoMyozma, Britaniya muzeyi, Add. 7914). Huvaydo — Huvaydo. Devon (Litografik nashr, Toshkent, 1913). HH — Ahmad Yugnakiy. Hibatul haqoyiq (1. Rashid Rahmatiy Arat nashri, Istanbul, 1952; Q. Mahmu dov nashri, Toshkent, 1972). www.ziyouz.com kutubxonasi KIRISH 0‘zbek tili tarixiy grammatikasi, fonetikasi va Icksikologiyasi hozirgi zamon o‘zbek tilining grammatik qurilishi, tovush tizimining taraqqiyoti va lug‘at tarkibining tarixiy takomilini o‘rganadi. Tarixiy grammatika til tarixi fanining bir qismidir. Til tarixi fanining qolgan barcha sohalari til tarixining boshqa tomonlarini tekshiradi. Masalan, adabiy til tarixi bahsi turli davrlarda yaratil- gan adabiy asarlarning tilini va bu adabiy til tarixining tadrijiy taraqqiyotini o‘rganadi; eski o‘zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til sohalari hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun asos bo‘lgan davrlardagi adabiy asarlar tilini tekshiradi. Tarixiy grammatika boshqa fanlar — shevashunoslik, o'zbek xalqi tarixi va etnografiyasi, adabiyot tarixi fanlar bilan bog‘lanadi, ya’ni tarixiy grammatikada grammatik qurilish va so‘z shakllari- ning taraqqiyotini xalq tarixi bilan, adabiy til an’analari va adabiy til tarixi bilan, hozirgi zamon shevalari xususiyatlari bilan bogMa- nadi, ana shu materiallarga asoslanadi. Xalq tarixida ro‘y bergan o‘zgarishlar tilga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Avvalo, bu ta’sir tilning leksik tarkibida ko‘rinib, so‘ngra tilning boshqa sohalariga — fonetika va grammatikasiga o‘tadi. Tarixiy grammatika uchun asosiy manba sifatida yozma yod- gorliklar, hozirgi zamon sheva xususiyatlari va qardosh turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish materiallari xizmat qiladi. Tarixiy grammatika qadimgi davrdan tortib, hozirgacha bo'lgan yozma manbalaming tilini tahlil qilish va bir davr yozma manbaining til xususiyatlarini boshqa davr yozma manbalari til xususiyatlariga qiyoslash yo‘li bilan til taraqqiyoti qonuniyatlarini aniqlaydi va tilning tadrijiy taraqqiyotini belgilaydi. Hozirgi zamon sheva xususiyatlarini o‘rga- nish ham til tarixini, tarixiy grammatika masalalarini o‘rganishda katta manba bo‘ladi, chunki tilning ayrim eski, arxaik shakllari shevalarda saqlanib qoladi. Bu shakllarni boshqa turkiy tillardagi ayni shakllar bilan qiyoslab, tarixiy taraqqiyot yo'lini kuzatish mumkin. Tilning tarixiy taraqqiyotini o‘rganishda qardosh turkiy tillarning materiallari katta yordam beradi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida bir www.ziyouz.com kutubxonasi turkiy tilda arxaiklashib, tamom qo‘llanishdan chiqqan shakl boshqa turkiy tilda saqlanishi mumkin. Ana shu saqlangan shaklga qarab, uning tarixiy taraqqiyot yo'lini aniqlash mumkin bo‘ladi. Biror turkiy til tarixini boshqa qardosh turkiy tillar tarixi bilan qiyoslab o‘rganish tarixiy grammatikaning zaruriy vazifalaridan biridir. Turkiy xalqlarning, xususan, o‘zbek xalqining etnogenezi va tilining shakllanishi Har bir xalq tilining shakllanishi shu tilda so'zlashuvchi xalqning kelib chiqish tarixi bilan bevosita bogliqdir. Turkiy, xususan, o‘zbek xalqining etnogenezini aniqlash tarixchilar, etnograflar, arxeologlar, tilshunoslar va adabiyot- shunoslar shunga o‘xshash soha olimlarining birgalikda ish olib borishlarini talab qiladi. Masalan, hozirgi zamon 0 ‘rta va Markaziy Osiyo xalqlarining etnogenezini bilish — shu hududda qadimda yashagan xalqlar — saklar (skiflar), massagetlar, sug‘dlar, kushonlar (yoki toxarlar), xunnlar hamda boshqa qo‘shni xalqlarning tarixi ni o‘rganish bilan bog‘liqdir. Har bir xalqning shakllanishi uning ijtimoiy tuzumi, madani- yati, tili va ongining shakllanishi bilan belgilanadi. Turkiy xalqlarning genezisi va tilining shakJlanishini aniqlashda eng murakkab muammo 0 ‘rta va Markaziy Osiyoning eng qadimgi tarixini va bu hududda istiqomat qilgan qadimgi etnik guruhlar, ularning qaysi bir tilda so‘zlashganini aniqlash masalasidir. Bu sohada asosiy manbalar — qadimgi eron, yunon, xitoy, arab tillarida yozilgan yodnomalar, arxeologik qazilmalar hamda hozirgi zamon sheva materiallaridir. Mavjud turkiy yozma yod- gorliklarning eng eskilari VU-X asrlarga oiddir. Manbalardan ma’lum bo‘ladiki, eng qadimgi (meloddan awal- gi III—I minginchi yillar) 0 ‘rta Osiyoning aholisi skiflar, xorazm- liklar, saklar, massagetlar, sug‘dlar, qangli (qang‘uy)lar bo‘lgan. Amu va Sirdaryoning quyi oqimida massagetlar, Qozog‘iston va Sharqiy Turkistonda saklar, Xorazm vohasida xorazmliklar yasha gan. Toshkent, Farg‘ona, Sug‘dning katta qismida turkiyzabon deb www.ziyouz.com kutubxonasi
Description: