O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 0‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI A. SHOYUNUSOV ARAB XATTOTLIGI Kasb-hunar kollejlari uchun о ‘quv qo ‘llanma TOSHKENT «SHARQ» nashriyot-matbaa kompaniyasi Bosh tahrifiyati 2007 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi- ning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik birlash- malari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Taqrizchilar: S. Abdullayev — 0‘zbekiston san’at arbobi, 0 ‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor. Sh. Vohidov — tarix fanlari doktori, professor. A. Shoyunusov Arab xattotligi. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qocllanma. — Т.: «SHARQ», 2007.- 432-b. Ushbu o‘quv qo‘llanma xalqimiz ma’naviy merosining ulkan qatlamini tashkil qiluvchi arab yozuvli yozma yodgorliklar bilan yangi avlodni tanishtirishga va arab yozuvining husnixat san’at turiari bo'yicha xattotlik malakasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. Qo‘llanmada arab husnixat turlarining me’yoriy xususiyatlari nazariy jihatdan atroflicha tahlil etilgan. Bu masala muallifning kashfiyoti deb baholanishi mumkin. Binobarin, arab yozuvida biror unsur shunchaki sababsiz ishlatilmagan. Aytish lozimki, ushbu me’yoriy xususiyatlami bilish arab xatining ichki qonuniyatlarini talabalarga osonlik bilan yetkazishga imkon beradi. Qo‘llanmadan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim bosqichlarining san’atshunoslik, tarixiy va adabiy manbashunoslik kabi gumanitar yo‘nalishlari samarali foydalanishi mumkin. © «SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati 2007-y. Arab yozuvi masalalariga bag‘ishlangan bugungacha ma’lum nashrlar arab xattotligi namunalari va xat turlarining tashqi grafik (chizma) shakllarini ta’riflashdan nari o‘tmagani holda, qo‘lingizdagi qo'llanmada yozuvning bevosita ijro jarayoni bilan bog‘liq me’yoriar, harflar va ulaming unsurlarini chizishdagi o‘lchamlaming qonuniyat- larini nazariy jihatdan asoslashga ilk bora jiddiy qadam qo'yilgan. Bu orqali arab husnixatida tasodiflarga o‘rin yo'qligi, hamma unsurlarning o‘z qonuniyati borligi ko'rsatilgan. Shu bilan birga muallif arab husnixat turlarining mahkamaviy yozuv hamda oddiy savodxon sifatida ijro etilgan «mulloyi» xat namunalarining istalgan ko‘rinishlari uchun mushtarak (universal) nazariy xulosalar chiqa rishga harakat qilgan. Ushbu o'quv qo'llanma arab xattotligi bo'yicha filolog, sharq- shunos, tarixiy va adabiy manbashunos, matnshunos mutaxassislar tayyorlaydigan kasb-hunar, bakalavriatura va magistratura talabalari uchun mo'ljallangan. Ta’kidlash joizki, muallif qo'llanmani tayyorlashda o'ziga xos bayon uslubidan foydalangan. Zarur atama va tushunchalarga berilgan izohlar, umid qilamizki, matn mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Xalqaro antik dunyo tadqiqotlari akademiyasi faxriy akademigi, tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Is'hoqov Mustaqillik o‘zbek xalqi tarixida yangi davr ochdi. 0 ‘zbek xalqi boy madaniy va adabiy yozma merosga egadir. Bu merosni milliy anglanish asosida o'rganish va u qadriyatlarni tiklash hamda undan foydalanish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridandir. 0 ‘zbek xalqining bu boy madaniy merosini butunligicha tanqidiy o'rganish g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Zamonlarning o‘tishi, o‘zbek xalqi hayotida yuz bergan zafarli iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar tilimizning lug'atiga hamda (nutq ifodachisi) yozuviga turlicha ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumki, o‘zbek klassik (mumtoz) badiiy adabiyot, ilm-fanga oid adabiyotlar ham o‘z davrida arab alifbosida yozilgan. Oliy va o‘rta maxsus o'quv yurtlarimizda o‘zbek tili va adabiyo- ti tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, adabiy manbashunoslik kabi gumanitar yo‘nalishlarda «arab xattotligi» («Husnixat») kursi o‘tilmoqda. Bu hoi mumtoz adabiyotni va eski o‘zbek tilini o‘rganishda hozirgi o'quvchilarga yordam uchun maxsus grammatik va izohli o‘quv qo'llanmalar bo'lishini talab etmoqda. «Arab xattotligi» o'quv qo'llanmasi mazkur sharafli vazifalardan birini bajarishga ilk urinish samarasi sifatida ta’lif etildi. O'zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti bebaho yozma yodgorliklarga egaligi va u yozma meroslarni avaylab-asrash borasida ularni ilmiy jihatdan o'rganish va hozirgi yosh avlodga puxta bilim berish zaxiralarini taqdim etib, u avlod ham kelajak avlodga o'z intellektual yutuqlarini ravo ko'rishlikka ibrat manbayi bo'lsin. Mazkur o'quv qo'llanmaning vujudga kelishi xalqimiz ma’naviya- tining takomili uchun xizmat qiladi. Chunki 1929— 1940-yillar mobaynida xalqimiz awalo, ona tili va yozuvi (arab alifbosi)ni isloh qilingan yozuvga, so'ngidan lotin, kirill-mifodiy yozuviga, nihoyat yana lotin alifbosiga o'tishlar oqibatida, umuman, ma’nan tanazzulga yuz tutdi. Xayriyatki, O'zbekiston mustaqilligi, davlatimizning oqil va odil siyosati tufayli o'zbek xalqi o'z-o'zini anglash borasida tarixi, madaniyati va ma’naviyat o'zagini mujassam qilib, avlodlardan avlodlarga meros o'tib, har davr-u zamonlarda avaylab-asrab kelingan milliy va diniy qadriyatlarini tiklash jarayonlarini hayotga tatbiq qilish sharafiga muyassar bo‘ldi. 0 ‘zbek xalqining tinchliksevar, erkparvar xalq ekanligini va ushbu ezgu niyatlar zaminida ilm-ma’rifat asosiy ustun ekanligi, ajdodlar meros qoldirgan nodir yozma yodgorliklar, ijtimoiy hayot tarzidan xabar beruvchi asotir madaniy va san’at turlarining mo‘jizakor namunalarini barcha soha sohiblari ijodini ifodalab, hozirgi kunda eng zarur ma’naviyat durdona sifatini namoyon etmoqda. Binoba- rin til va adabiyot ayni arab alifbosiga asoslanib, qariyb 10 asr davomida jahon xalqlari taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shishda buyuk allomalarni yetkazdi. Ularning ijodi nafaqat alohida bir xalq uchun, balki bashariyat aql-u zakovatining takomillashuviga ulkan turtki berdi. Fan va san’at turlarining ilmiy va amaliy ta’limotlari aniq fanlargagina emas, balki barcha fan asoslariga ham bebaho muruwat baxsh ayladi. 0 ‘quv qo'llanmada arab xattotligiga xos atamalar ilk bor o'zbek tilida izohlanmoqda. Unda istifoda etilgan barcha yangi so‘zlar va ularning ma’no jihatlariga xattotlik san’ati nuqtayi nazaridan yondashib, ularning eng muhim qirralarini ochib berishga harakat qilingan. Shu tufayli atamalarning deyarli hammasi atoqli ism shaklida berilgan. Chunki arab xattotligi bilan ilk bora uchrashib turgan talaba, awalo, bu san’atning asosiy tushunchalarini bilmog‘i lozim. Muallif Ustozlar shogirdlarga dars mazmunini chuqur o‘zlashtirishni quyidagi ehtimoliy tavsiyalar bo'yicha olib borsa, maqsadga muvofiq bo'lishi kutiladi: 1. Arab yozuvining asosiy xususiyati yozuv quroli «Qora qalam» (mushkfomi)ning asl kengligiga binoan shakllanishi va Alifbo harflari shu jihat tufayli, o'zaro ma’no anglatishda faqat yozuv quroli imkoniyatiga muvofiq aks topishiga jiddiy e’tibor qaratmog'i lozim: Izoh: Ya’ni siyoh izi (bo'r, qalamning eng quyuq tasviriga qarab), yozish qurolining tabiiy kengligi anglanadi. Shaklning shimoliy sirti bilan janubiy sirt oralig'i, aynan mushkfomning vertikal holatida siyoh sizganini bildiradi. Aksincha aks ifodasida esa, faqat gorizontal holatdagi mushkfom bilan tasvirlangani ma’lum bo'ladi. Ammo, arab yozuvida ifoda toptirilgan alifbo harflari ma’no anglatuvchi shakl unsurlarini turli bo'y va en, hajm va shamoyillarda tasvirlagani bilan ulami katta-kichik, bosmacha (shakl) yoki yozmacha shakllarga ajratilmasligiga sabablar mavjudligini uqtirish lozim. (Nashr, mat- buotda istifoda qilinuvchi har qanday chop namuna matni ham arab xat turlariga va turkumlariga turdosh xat bo'lsa-da, harf shakli ifoda topgan siyoh izi qat’iy kenglikka egaligi bilan arab yozuvining yuqorida zikr etilgan xususiyatini isbotlaydi). 2. Arab alifbo harflarining shakl topishida mufradot ilmi va makon tizimining nazariy asoslari, mufradot vazni va uning ama- liyotini ravish sozlari hamda «sanoq raqami» usuli bilan «sadri kitoba» xat makon qolipiga muvofiq joylashning texnik jihatlariga jiddiy yondashish; Izoh: Mufradot ilmi eng awalo arab yozuvining asl mohiyatini hamda yozuvga olinmish har bir harfni aniq hisoblar bilan tasvirlashni o'rgatadi. Mazkur o'qituv uslub bir qator tartibni amalga oshirishni talab etadi. 1. Lavha (doska) yoki yozish ashyo sirtiga dastlab ufqiy satr chizig'i chiziladi. 1-rasm. 2. Ushbu to‘g‘ri chiziq o‘ngdan chap tarafga yo‘nalish bilan aks topgani uchun (fazodagi holati gorizontal 0 daraja burchak) uning naqt markazidan vertikal (yo‘nalishi 90 daraja burchak bilan) to‘g‘ri chiziq peфendikular tarzda kesib o‘tib, qutb va ufqlari aniq o‘q kesishma chiziqlarni aks etadi. Shiraol G‘arb Sharq Janub 2-rasm. 3. Hosil bo‘lgan ocq kesishma chiziqlarning kesishuv markaz nuqtasidan chor atrofga 45 daraja burchak ostida nuratilgan to‘g‘ri chiziqchalar chizib, tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak □ katak shakli hosil qilinadi. Shimol G‘arb Sharq Janub 3-rasm. Bu uslubni amalga oshirish sharh talab qilmaydi. 4. Katakning qutb va ufq qirra uch nuqtalari katet qilib (g'arb- shimol-sharq-janub-g‘arb) bir-biriga tutashtirib, so'ng g‘arb qirra uchidan shimoli-sharq katetiga teng taqsimot bissektrisa chiziqlari chiziladi. Natijada «hujayra katak» hosil bo'ladi (katakning qutb va ufqlaridan qarama-qarshi tomon katetlariga ham xuddi ilk bissektrisa to‘g‘ri chiziqlar chizmasini chizing). T T T T Tomonlari teng to‘g‘ri to‘rtburchak , bir qarashda juda ham oddiy va sodda 1) sodda, tiniq, toza, silliq; 2) bezaksiz, naqshsiz, xolis; 3) oddiy, jo'n, go'l, to'g'ri. tuyulsa-da, ammo 1) nuqta; 2) xol; 3) dog'; belgi, tochkalar; «nuqtai mushk», ♦ «qora xol» inson tafakkuri anglashi lozim bo‘lgan «borliq» bilimlarini falsafiy ma’nolari jamuljam ramziy shakldir. Savodxon o‘z daftarida ko'rib turuvchi mazkur ramz shaklchalami awal bittasiga nigoh qaratsa, katakchalarga yonma-yon, ustma-ust joylashgan bir qancha yondosh va yastaniq jipslashgan xuddi shunday teng katakchalami kuzatadi. O'zani bir xil, hajmi ham bir xil o'sha katakchalar hech qachon nomutanosib vaziyat holatni tasvirlamagan. Navbatdagi bilish istagi har bir katakning qurilma asoslarini aniqlash va aniqlash usullarining qo'llanish tartibiga diqqat qarati- lishiga yetaklaydi. Amaliyot tartibi: 1. Katakning vaziyat holati ufqiy satr chizig'iga nisbatan nol daraja yassilik va bo'y cho'zishi to'qson daraja tiklikni anglatgan; (tasvirga qaralsin) 0° mutavoziy 0 ufqiy satr chizig'i u' N I w 1 V90U" II V90U" II vi T 1 , I ’ . л ____r h — 6 ... 0r inutavo/iy 2. Ufqiy satr chizig'ining ustida va ostida ham ehtimoliy tomonlari teng to'g'ri to'rtburchak katakchalar mavhum holat bilan yondashib makon egallattirilgan. Natijada ufqiy satr chizig'i ustida ikkita yondosh T11 1 va uning ostida ham ikkita yondosh TTTT shakl-kataklar ehtimoliy vaziyat bilan ifoda toptirilgan; 3. Namuna uchun tanlangan yaxlit shakl — «katak»ning ichki o'tkir qirrali burchaklari 90 darajadan iborat. Har bir o'tkir qirra burchakdan o'zaro qarama-qarshi o'tkir qirrali burchaklarga diagonal to'g'ri o'q chiziq tutashtirilsa, katak ichida to'rtta uchburchak shakl- larga ajraladi. Ulaming markazga tutash burchaklari 90 darajaga, katetlar tutashgan qirra uchlari esa 45 darajaga tenglikda hosil qilingani aniq bo'ladi. Xuddi mana shu daraja burchak ko'rsatkichlari ehtimoliy ufqiy satr chizig'i ustida makon qurishi mavhum katakka hamda ufqiy satr chizig'i ostiga ehtimoliy makon quruvchi ikkita mavhum katakchaga taalluqli deb faraz qilinadi. Namuna katak ichidagi ko'rsatkichlar, ayni paytda ehtimoliy katakchalarda ham yuz berishi mumkinligi ayon bo'ladi. 4.V 67.5 90° ft 7.5 45 22,5' Tasvirda: «makon» 0 — ufqiy sal г tizimini hosil ' chi/.iiTi qilish usuli 22,5 45 67.5 W 67,5 45" Mazkur tasvirda namuna katakga nisbatan ehtimoliy kataklar- ning ufqiy satr chiziqqa makon qurish muomalalari aks ettirilgan. Razm solib kuzatilsa, har bir katakni yaxlit shaklga aylantirish uchun namuna katakning sharqiy tik katetini ufqiy satr chiziq ostiga yo'naltirib, bosib o'tish masofasini xuddi namuna kateti ifodalagan uzunlikga yetib to'xtalsa, har ikki yarim kengliklarda joylashgan ka- taklarni yondoshlikdan bir butun hududga jipslashgan vaziyat- holatini «bunyod» etiladi. O'z navbatida ushbu birlashtiruvchi katet to'g'ri chiziq hosil bo'lgan yangi makonning markaziy o'q chizig'iga aylanadi. Shuningdek bu to‘g‘ri tik chiziq alifboning bosh harfi «Alif» shaklini anglatadi. Ufqiy satr chiziq ustida va ostida joylashgan kataklarning tegra yassi va tegra to‘g‘ri chiziqlari ikki yo‘nalishlikga nisbatlarda parallel va masofa oraliqlari teng haddlardan iborat. Ufqiy satr chizig‘i kesib o‘tgan (yangi katakning naqt o‘rtasidan) kenglik nol (0°) daraja ko'rsatkichligicha saqlanib, uning ustki va ostki katak tengliklari muvofiq ravishda teng taqsimot usuliga duch etilib, ma’lum iqlim daraja ko‘rsatkichlari hosil qilingan. 4. Tasvirni tahlil etib borish, shuningdek har bir tarafdagi bo‘shliqning iqlim darajalarini ham aniq belgilanishiga asos bo'ladi. Mazkur katak ichidagi daraja burchak «bo‘shliq» iqlimlari «zamon» halqachalariga ham ishorat ramzini anglatib turadi. «Zamon-u zamin» («Osmon-u yer») tushunchasining xatdagi ifodasi, aynan ufqiy satr chiziq iqlimlarining «halqa»cha, aylana buramlarini qanday daraja ko'rsatkichlarida tarkib topganini xattotga eslatib turadi. Tasvirda «Zamon va makon» jadvali aks etgan 5. Mazkur usulda awalo xatning nishablanish sababini va nishablikka og'uvchi (zarracha) chiziqning gardish vaziyatini oshkor etilishuviga teng taqsimot orqali erishish mumkin. Izoh: Ma’lum burchak oralig'ini burchak hosil qiluvchi to'g'ri chiziqlar tutash nuqtadan teng qismga ajratish maqsadida nuratma (punktir) to'g'ri chiziqchalar chiziladi. (7) (p - — kabi; 1) to'g'ri chiziqlar tutashgan nuqta; 2) burchakni teng qismga ajratuvchi bissektrisa;
Description: